Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

G‘azoga 85 ming tonnadan ko‘p portlovchi modda tashlangan

G‘azoga 85 ming tonnadan ko‘p portlovchi modda tashlangan

O‘tgan yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektoriga 85 ming tonnadan ortiq portlovchi modda tashlagan. Afsuski, bu bombalar Ikkinchi jahon urushi davridagidan ancha kuchli. Bu haqda Atrof-muhit sifati bo‘yicha Falastin ma’muriyati ma’lum qildi.

Urush va qurolli mojaro holatida atrof-muhitdan noo‘rin foydalanishning oldini olish xalqaro kuni munosabati bilan bir yildan ko‘proq vaqt davomida to‘pga tutilayotgan G‘azodagi ekologiya ofati haqida taqdim etilgan hisobot BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 6 noyabrda e’lon qilindi.

– Hududga tashlangan portlovchi vositalar qishloq xo‘jaligi yerlarini butunlay vayron qilgan, – deyiladi bayonotda. – Zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslangan yer o‘nlab yillar davomida ekin ekishga yaroqsiz holga kelgan. Eng achinarlisi, 40 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Bundan tashqari departament sektorda inson hayoti va har qanday tirik organizm uchun xavf tug‘diruvchi fosfor bombasi qo‘llangani, yer osti suviga quyilgan zaharli moddalar o‘nlab yillar davomida salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etgan.

Falastin ma’muriyati BMT va xalqaro hamjamiyatni Isroil hujumini to‘xtatish, atrof-muhitdan harbiy maqsadda foydalanishning oldini olish va xalqaro qonunlarga rioya etilishini ta’minlash uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:42 07.11.2024. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!