2023 yil oktyabrida boshlangan G‘azodagi urushdan beri 20 000 dan ortiq Isroil armiyasi askari jarohat olgan, deb xabar berdi Isroil Mudofaa vazirligi.
❗ Ularning taxminan 56 foizi turli ruhiy buzilishlar, xususan posttravmatik stress sindromi (PTSD) dan aziyat chekmoqda. Bu esa urushning askarlar psixikasiga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatadi.
🔹 Jarohat olganlarning 64% qismi — zaxiradagi askarlar. Har oy taxminan 1000 nafar yangi jarohatlangan harbiy shifokor nazoratiga tushmoqda.
📈 Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2028 yilga borib 100 000 ga yaqin urush veterani davlat nazoratida bo‘ladi. Ulardan kamida yarmi PTSD va shu kabi ruhiy kasalliklardan aziyat chekishi kutilmoqda.
🟥 Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oktyabridan beri Isroil armiyasi G‘azoda 65 000 ga yaqin falastinlikni o‘ldirgan, ularning aksariyati — ayollar va bolalar.