Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

«G‘azodagi urush 21-asrning falokatidir»

«G‘azodagi urush 21-asrning falokatidir»

Isroilning Haaretz gazetasi o‘z tadqiqotini chop etib, unda G‘azo sektorida davom etayotgan urushni XXI asrdagi eng qonli urushlardan biri deb atadi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil istilosi 40 mingga yaqin falastinliklarning hayotiga zomin bo‘lgan, bu eksklavning ikki million aholisining taxminan 2 foizini tashkil qiladi.

Haaretz Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni xalqaro hamjamiyatni ikkiyuzlamachilikda ayblab, boshqa mojarolarga e’tibor bermagani uchun tanqid qildi. Gazetaning ta’kidlashicha, G‘azodagi urush qurbonlarning mutlaq soni bo‘yicha ham, jami aholidan o‘lganlar foizi bo‘yicha ham boshqa mojarolardan ajralib turadi.

Alohida e’tibor «xavfsiz zonalar»ga qilingan hujumlarga qaratilmoqda, ularda yuzlab tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Nashrning qayd etishicha, xalqaro tashkilotlar G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

«O‘lganlarning umumiy soni bo‘yicha, men G‘azo 21-asrning eng shiddatli mojarolari o‘ntaligiga kirmasligini bashorat qilaman. Ammo nobud bo‘lgan aholi foizi bilan solishtiradigan bo‘lsak, u allaqachon birinchi beshlikka kirgan», - deydi London universiteti professori, mojaro qurbonlarini kuzatishga ixtisoslashgan Maykl Spagat.

Kiritildi: 22:41 15.08.2024. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!