Amerika byurosi Report xabariga ko‘ra , bu haqda BMT rahbarining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, portlovchi qurilma binoga tashlangan va hujum nishoni BMT mehmon uylaridan biri bo‘lgan.
F.Haq voqeaning aniq tafsilotlari, qurbonlarning shaxsi va qo‘llangan qurollar turi haqida hozircha tasdiqlangan ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qildi: "Biz sodir bo‘lgan voqea haqida batafsil va aniq ma’lumot olishga harakat qilmoqdamiz. Biz bu hujumni qoralaymiz. BMT xodimlari va ularning ob’ektlari himoya qilinishi kerak”.