Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 291 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis hamda Nuseyrat, Jabaliya va Bureyj lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri shahidlar soni 39 006 kishidan, yaralanganlar soni 89 818 kishidan oshdi.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: Xon Yunisdagi ishg‘olchilarning hujumlari natijasida so‘nggi 24 soat ichida 81 kishi halok bo‘ldi, 250 kishi yaralandi va o‘n minglab odamlar hududni tark etishga majbur bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Nitsarim hududidagi bosqinchilarning qo‘mondonlik shtabiga zarba berishda davom etamiz.
▪️G‘arbiy Sohilda Tulkarmda ishg‘olchilar qarshilik harakatining 3 nafar yetakchisini, bir ayol va uning qizini o‘ldirdi. Tez yordam mashinalarining yarador ayollar va bolalar yetib borishiga ruxsat berilmagan. Qarshilik jangchilari zirhli transportyorni portlatib yubordi.
▪️Hizbulloh: Biz Soreal aholi punktini birinchi marta bombaladik, o‘nlab «Katyusha» raketalarini uchirdik.
▪️HAMAS va Fath guruhlari Xitoyda milliy birlikka chaqiruvchi kelishuvni imzoladi.
▪️Bosqinchilar Livanning Hula va Aita ash-Shab shaharlariga hujum qildi.
▪️BMT: G‘azo hududining 83 foizi evakuasiya qilinadigan yoki taqiqlangan hududlar deb e’lon qildi.
▪️Husiylar: Isroilning G‘azodagi qirg‘inlari asr jinoyati va davrning Xolokostini ifodalaydi.