G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida jinoyatchi Isroilning hujumlari natijasida kamida 35 nafar falastinlik halok bo‘lgan.
Vazirlik yana qo‘shimcha qildiki, shu davr mobaynida kamida 109 kishi jarohatlangan.
Vazirlikning xabar berishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azoda halok bo‘lganlar soni 52 400 nafarga, jarohatlangalar soni esa 118 014 nafarga yetgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil 18 martda tinchlik kelishuvini buzganidan beri kamida 2 308 nafar falastinlikni o‘ldirgan va 5 973 nafarini yaralagan.