Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 290 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 38 983 kishi shahid bo‘ldi, 89 727 kishi yaralandi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar qarshilik kuchlari bosqinchilarning razvedka samolyotini yo‘q qilgan Baytlahm, Qalqilya va Balat lageriga hujum uyushtirdi. Jenin lagerida fashistlar gospitalni o‘qqa tutdi.
▪️G‘azoda Isroilning genosidiga norozilik bildirgan Kanada fuqarosi Isroil kuchlari tomonidan qatl etildi. Isroil rasmiylari erkak askarlarni pichoqlamoqchi bo‘lganini da’vo qilmoqda. Biroq voqea aks etgan videotasvirlarda u askarlardan ancha uzoqda bo‘lgani va ularga hech qanday xavf tug‘dirmaganini ko‘rish mumkin.
▪️Bosqinchilar ko‘chirilgan aholiga Xon Yunisni tark etishga buyruq berganidan bir necha daqiqa o‘tgach, hududni kuchli o‘qqa tutish boshlandi. 11 kishi halok bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim o‘qida bosqinchilarga hujum qildi. Livan Kassam fronti 300-Shumir brigadasining shtab-kvartirasini o‘qqa tutdi.
▪️Husiylar: Isroil bilan til biriktirgan har qanday arab davlati bizning nishonimiz bo‘ladi.
▪️Pokiston ishg‘olni qo‘llab-quvvatlovchi barcha kompaniyalarning mahsulotlarini sotishni taqiqladi.
▪️BMT maxsus ma’ruzachisi: Falastin davlati allaqachon mavjud, ammo Isroil falastinliklarga qarshi aparteidni qo‘llamoqda, har kuni o‘z qurbonlariga nisbatan shafqatsiz va sadist bo‘lib bormoqda.