Yakshanba kuni tunda G‘azo va Isroil chegaralarida Buyuk qaytish norozilik aksiyasida ishtiroki chog‘ida ikki falastinlik Isroil qo‘shini tomonidan otilgan o‘qdan yaralangan.
Falastin sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbalar xabar berishicha, ikki falastinlik G‘azo shimoliy chegarasidagi Jaboliya chodirida Isroil qo‘shini otgan o‘qdan jarohatlangan. Doktorlar ularning jarohatini o‘rta darajada, deb baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Buyuk qaytish norozilik aksiyasi davomida 150 dan ortiq falastinlik shahid bo‘lgan va 18 mingdan ortig‘i jarohatlangan.
Manba: azon.uz