G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazayotgan BMT avtomobillariga o‘q uzilgan va ularning yuklari o‘g‘irlangan.
Bu haqda Qatarning “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida uch nafar haydovchi tan jarohati olgan.
Qayd etilishicha, Falastin anklavining markaziy qismida BMT gumanitar yordam karvoniga hujum qilingan. Janub chegarasidan Dayr al-Balah shahri tomon harakatlanayotgan 20 yuk mashinasidan 14 tasi otib tashlangan va ular olib ketayotgan oziq-ovqatlari o‘g‘irlangan.
O‘tgan yilning 7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning XAMAS radikal harakati jangarilarining kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va asirlarning garovga olinishi bilan kechganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil G‘azoda Xamasning harbiy va siyosiy tuzilmasini yo‘q qilish va o‘g‘irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida operasiya boshladi.