Bugun 20 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

G‘azoda bolalarning azob-uqubatlariga «chidab bo‘lmaydi»

G‘azoda bolalarning azob-uqubatlariga «chidab bo‘lmaydi»

Al-Jazeera:

Biz hozirda G‘azo markazidagi Deyr-el-Balahda bo‘lib turgan YUNISEFning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha katta koordinatori Hamish Yang bilan gaplashdik.

U qamal va bombardimon qilingan hududdagi bolalar uchun vaziyatni «mutlaqo dahshatli» deb ta’riflab, 15 mingga yaqin bola halok bo‘lgani va yaralanganlar soni ko‘proqligini aytdi.

«Buning ustiga, shubhasiz, G‘azodagi har bir bola urushning psixologik zararidan juda ko‘p aziyat chekmoqda,» - dedi Yang.

Uning ta’kidlashicha, «G‘azodagi har bir bola» ota-onasi, bobo-buvisi yoki aka-ukasidan ayrilganini qayd etish «haqiqatan ham muhim,» chunki «raqamlar juda katta bo‘lishi mumkin.»

«Biz bu raqamlarga ko‘nikib qolganmiz, ammo bular haqiqiy yosh bolalar, - deydi Yang.

»O‘tgan hafta men G‘azo shahrida 11 yoshli Usoma ismli yosh bola bilan kasalxonada edim. U do‘stlari bilan plyajda o‘ynayotgan bo‘lgan - bundan ham begunohroq holat bo‘lishi qiyin - birdaniga portlash sodir bo‘lgan, uning boshiga shrapnel tegib, hozir u to‘rt taraflama falajlik holatida va sun’iy nafas oldirish moslamasiga ulangan,« deya qo‘shimcha qildi u.

"Bu azob-uqubatlarga chidab bo‘lmayd".

Kiritildi: 23:00 19.12.2024. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!