Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

G‘azoda 21 kunlik vaqtinchalik otashkesim bo‘yicha kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi mumkin

G‘azoda 21 kunlik vaqtinchalik otashkesim bo‘yicha kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi mumkin

Bu haqda The National nashri xabar bermoqda.

"HAMAS va AQSh vositachilari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar davomida kelishuvga erishish borasida katta siljish kuzatildi", — deya ma’lum qildi nashr manbalaridan biri.

Kelishuv nafaqat o‘t ochishni to‘xtatish, balki sektorga gumanitar yordam yetkazib berishni qayta tiklash va HAMAS tomonidan olti nafargacha garovdagilarni ozod qilish, evaziga bir nechta falastinlik mahkumlarni ozod etishni ham nazarda tutadi. Bu kelishuv haqida rasman yaqin soatlarda e’lon qilinishi mumkin.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonidagi sammitda Qo‘shma Shtatlar Falastin davlatini tan olishini e’lon qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 23:54 12.05.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!