21 may kuni urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektoriga gumanitar yordam, jumladan, un, bolalar ovqatlari va tibbiy jihozlar yuklangan yana 100 ta yuk mashinasi yetib bordi. Bu haqda Isroil hukumatining COGAT tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar beradi DW.
— Barcha yordamlar xavfsizlikni sinchiklab tekshirilgandan so‘ng topshirildi. Bu SAXAL rasmiylarining tavsiyasi va siyosiy rahbariyat ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshirildi. Biz G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etamiz, bu yordam XAMAS terror tashkiloti qo‘liga tushmasligi uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qilamiz, — deyiladi COGAT postida.
Qayd etilishicha, bir kun avval G‘azo sektoriga xuddi shunday gumanitar yordam yuklangan 93 yuk mashinasi yetib borgan.
Gumanitar yordam Isroil, Misr va G‘azo sektori chegaralari tutashgan joyda joylashgan Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punktiga yetib bordi. Bu yerda gumanitar xodimlar uni keyinchalik mahalliy aholiga tarqatish uchun yuk mashinalariga o‘tkazishlari kerak. Butunjahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme, WFP) idorasi rahbari Antuan Renarning aytishicha, 78 ta yuk mashinasi "kutishmoqda".
—Biz yuklarimiz talon-taroj qilinmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, dedi u Associated Pressga. O‘tmishda talonchilar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilgan.
Isroil G‘azo aholisiga yordam XAMASning yuklarni boshqa yo‘nalishga yo‘naltirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xavfsiz tarqatish zonalari tashkil etilgach, qayta tiklanishini aytdi.