Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

G‘azo sektoriga "bir dona bug‘doy" ham kiritilmaydi — Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich

G‘azo sektoriga "bir dona bug‘doy" ham kiritilmaydi — Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich

O‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish kelishuvining birinchi bosqichi (2 mart kuni) yakunlanganidan beri Isroil G‘azoga gumanitar yuklar kirishini butunlay to‘xtatdi.

Qayd etilishicha, G‘azoda yashovchi 2,3 millionga yaqin falastinliklar ocharchilik yoqasida turibdi.

Blokada tufayli un va yoqilg‘i yetishmayotgani sababli mahalliy novvoyxonalar oy boshidan buyon ishlamayapti.

Isroil OAVlari yaqin haftalarda yordam yetkazilishiga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Biroq, Smotrich bu xabarlarni sharhlar ekan, G‘azo sektoriga "bir dona ham bug‘doy" kiritilmasligini aytdi.

Kiritildi: 15:33 07.04.2025. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!