G‘azo sektoridagi mojaro tomonlari – Isroil va XAMAS harakati birinchi bosqichda 42 kunlik otashkesimga kelishib oldi. Tegishli kelishuv 19-yanvar, yakshanba kuni kuchga kiradi, dedi Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Tani matbuot anjumanida.
“Qatar, Misr va AQSh vositachilari G‘azo sektoridagi mojaro tomonlari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. U 19-yanvardan kuchga kiradi”, - dedi u.