Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 56 531 nafarga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 56 531 nafarga yetdi

2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 56 531 nafarga yetdi.

Bu haqda G‘azodagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining so‘nggi bayonotida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, faqat so‘nggi 24 soat ichida Isroil zarbalari natijasida 28 kishi halok bo‘lgan, yana 223 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

«Shifoxonalarga 28 nafar halok bo‘lgan fuqaroning jasadi hamda 223 nafar yaralangan fuqaro olib kelindi», — deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Hujumlardan jabr ko‘rayotganlar orasida xotin-qizlar va bolalar soni ham ancha yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 22:32 30.06.2025. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!