Eronning oliy rahbari Ali Xomanaiyning aytishicha, G‘azo Isroilni o‘t ochishni to‘xtatish bilan "tiz cho‘ktirdi."
"Kichik, cheklangan G‘azo tish-tirnog‘igacha qurollangan va Amerika tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan sionistik rejimni tiz cho‘ktirdi," - dedi Xomanaiy Tehrondagi rasmiylar bilan uchrashuvda.
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Esmail Baqaei Trampning G‘azodagi falastinliklarni Misr yoki Iordaniya kabi boshqa joylarga ko‘chirish - "tozalash" g‘oyasini tanqid qildi.
"Siyosiy majburlash va demografik manipulyasiyalar falastinliklarni ko‘chib o‘tishga majbur qila olmaydi," dedi Baqaei X sahifasidagi postida va G‘azo falastinliklarning "vatanidir va ular u yerda qolish uchun juda yuqori narx to‘laganini" qo‘shimcha qildi.