Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gazli ichimliklar qarishni tezlashtiradi

A A A
Gazli ichimliklar qarishni tezlashtiradi

Kaliforniya universiteti olimlari gazlangan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish organizmdagi yoshga doir o‘zgarishlarni tezlashtiradi, degan xulosaga kelishdi. Ichimlik qancha shirin bo‘lsa, asorati shunchalik jiddiy bo‘lishi mumkin.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 20 dan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilarda metabolizm, yurak-qon tomir bilan bog‘liq bezovtaliklar kuzatilgan.

Har bir bemorda maxsus tekshiruv o‘tkazilib, hujayralarning hayotiy faolligi, ya’ni yoshga doir indikator ko‘rsatkichlari qayd etib borilgan. Ya’ni keksalik alomati tezlashganda hujayralar o‘ziga xos tarzda qisqaradi. Bemorlarning aksariyatida bu holat yaqqol ko‘zga tashlangan.

Olimlar gazlangan ichimliklarga ruju qo‘ymaslik keksayish alomatlari oldini olishda ham muhim ekanini aytishmoqda.

Kiritildi: 13:44 02.03.2023. O'qildi: 6459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!