Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Gavi "Barselona" tarkibida uzoq muddat maydonga tusha olmaydi

Gavi "Barselona" tarkibida uzoq muddat maydonga tusha olmaydi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi uzoq muddatga o‘yindan tashqarida bo‘ladi.

19 yoshli futbolchi 2023 yil oxirida olgan tizzasidagi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

AS jurnalistlarining fikricha, "ko‘k-anorranglilar" iqtidorli futbolchini tiklanishiga majbur qilishmayapti. Gavi noyabrgacha maydonga qaytishi kutilmayapti. Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida yarim himoyachi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yarim himoyachining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan, uning transfer qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:55 22.06.2024. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!