Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Samvel Babayan “Navbahor”ni tark etdi

Samvel Babayan “Navbahor”ni tark etdi

Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoani tark etdi.

Murabbiy o‘z xohishiga ko‘ra klub bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Bunga Babayanning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan. Davolanish jarayoni bir necha oyga cho‘zilishi hisobga olinib, mutaxassis jamoa bilan uzoq muddat bo‘la olmasligi sababli ushbu qarorga kelgan. Samvel Babayanning klubdan ketgani haqidagi xabar ertaga rasman e’lon qilinadi.

“Navbahor” jamoasi ketma-ket 4 ta durangdan so‘ng oxirgi o‘yinida “Andijon”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hozirda jamoa 19 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi.

Babayan 2022 yildan buyon namanganliklar bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 89 ta o‘yin o‘tkazib, 50 ta g‘alaba, 23 ta durang va 16 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Mutaxassis bundan avval “Paxtakor”, “Spartak”, “Lokomotiv”, “Chanchun Yatay” hamda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Kiritildi: 23:40 28.06.2024. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!