Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Timur Kapadze Parij Olimpiadasiga olib ketuvchi 3 nafar yoshi katta futbolchilar nomini e’lon qildi

Timur Kapadze Parij Olimpiadasiga olib ketuvchi 3 nafar yoshi katta futbolchilar nomini e’lon qildi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasida ishtirok etadi. Ushbu musobaqada 23 yoshdan katta 3 futbolchini tarkibga qo‘shish imkoniyati mavjud.

Bosh murabbiy Timur Kapadze ushbu 3 nafar futbolchilar borasida bir to‘xtamga kelgan. Bu haqda “Championat.asia” sayti ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Eldor Shomurodov (“Roma”), Oston O‘runov (“Persepolis”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”) kabi futbolchilarni Olimpiya jamoasi tarkibiga jalb qiladi. Ushbu 3 nafar yoshi katta futbolchi ro‘yxati O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Alibek Davronovning jarohati qay darajada jiddiyligi va davolanish davomiyligiga qarab o‘zgarish ehtimoli mavjud.

Ya’ni, yuqoridagi futbolchilardan biri markaziy himoyachi (katta ehtimol bilan Husniddin Aliqulov)ga almashtirilishi mumkin.

Avvalroq Eldor Shomurodov Olimpiadaga qatnashish istagi borligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 17:48 27.06.2024. O'qildi: 6494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!