Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Gavi "Barselona"ni tekinga tark etib, APLga yo‘l olishi mumkin

A A A
Gavi "Barselona"ni tekinga tark etib, APLga yo‘l olishi mumkin

"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Gavi transferi uchun harakat qilmoqda.

AS nashri xabariga ko‘ra, "aristokratlar" futbolchining o‘zi bilan o‘tish masalasini muhokama qilishgan. Manbaga ko‘ra, uchrashuv ancha muvaffaqiyatli o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" Gavi bilan yangi shartnomani rasmiylashtira olmagani futbolchining "Kamp Nou"dagi kelajagini xavf ostiga qo‘ygandi. "Chelsi" yarim himoyachiga anchadan beri ko‘z tikib kelmoqda, biroq uning Kataloniya jamoasi bilan bitimni uzaytirishi "ko‘klar"ni kelishuvdan qaytishga majbur qildi.

Gavi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 1 ta to‘p kiritdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 18 yoshli yarim himoyachi "Golden Boy" mukofotining amaldagi sohibi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:25 11.04.2023. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!