Garvard universitetining Jon Kennedi nomidagi hukumat maktabi federal moliyalashtirishning qisqarishi sababli kelasi haftada ayrim xodimlarni ishdan bo‘shatadi.
Bu haqda dekanning ma’lumotiga tayanib, Fox News xabar berdi.
"Bu juda og‘ir vaqt va biz undan qochish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qildik. Men bu qadamni qo‘yishimiz kerakligidan chin dildan afsusdaman, chunki biz maktab va universitet sifatida misli ko‘rilmagan qiyinchiliklarga duch kelyapmiz", dedi dekan Jeremi Vaynshteyn maktubida.
Qisqartiriladigan xodimlarning aniq soni noma’lumligicha qolmoqda.