Bombalanayotgan G‘azo: 429-kunning asosiy voqealari.
Bosqinchilar Zaytun hududi, Bayt Lahiya, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 52 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 44664 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar Nuseyrat lageridagi turar-joy binolarini portlatib yubordi, natijada 26 kishi halok bo‘ldi.
▪️Kamol Advan kasalxonasi tun bo‘yi olov ostida edi. Bosqinchilar asosiy generatorga hujum qilishdi.
▪️Shifa gospitali direktori Muhammad Abu Salmiya: G‘azodagi urush paytida 4000 dan ortiq odam oyoq-qo‘llari amputasiya qilingan. Ularning aksariyati bolalardir.
▪️G‘arbiy Sohilda fashistlar Jenindagi Ibn Sino kasalxonasiga hujum qilishdi. Yarador, qon ketayotgan yigit kasalxonadan o‘g‘irlab ketilgan. Al-Favvar lagerida hujum uyushtirildi, 2 askar yaralandi.
▪️Al-Qassam brigadalari G‘azoda zirhli korpus leytenantini o‘ldirdi.
▪️Norvegiya Tashqi ishlar vaziri: Biz yaxlit va o‘zaro bog‘langan Falastin davlatini, jumladan, G‘arbiy Sohil va G‘azoni istaymiz. Faqat Falastin davlatini yaratish orqali Isroil qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashashini kafolatlash mumkin.
▪️Bugun Jabaliya lagerida boshlangan ilk Falastin intifadasi Toshlar intifadasi boshlanganiga 37 yil to‘ldi.
▪️Livanda ishg‘olchilarning Jbeyl hududiga bergan zarbalari natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi.
▪️Hujum boshlanganidan 12 kun o‘tib jangarilar Homs shahri va Suriya poytaxti – Damashqni egallab olishdi. Asad Damashqdan noma’lum tomonga chiqib ketdi.