Ukrainada Vladimir Zelenskiy qo‘llari bilan G‘arb aholini genosid qilishni amalga oshirmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi, deya yozadi RT.
“Ukraina fuqarolariga nisbatan G‘arb Zelenskiy qo‘llari bilan haqiqiy genosidni amalga oshirmoqda. Ukraina fuqarolari, siz tushunishingiz shart, agar endi Zelenskiyga yana 120 ming kishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, umuman sizdan nima qoladi”, - deya savol bilan yuzlandi Zaxarova.
Diplomatning ta’kidlashicha, safarbar etilganlarni tutish uchun Kiyev G‘arbning 12 mln dollar pulini ajratgan.