G‘arb davlatlari Ukrainaning xavfsizligi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga shoshilishmoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.
Nashrning alyansning yuqori martabali vakiliga tayanib yozishicha, gap Ukrainada urush tugaguniga qadar va mamlakat NATOga a’zo bo‘lgunga qadar o‘tish davri uchun xavfsizlik majburiyatlari haqida bormoqda.
"Bu Ukraina Qurolli kuchlarini juda uzoq vaqt davomida jihozlashimizning kafolati bo‘ladi. Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari har qanday ehtimoliy bo‘lajak tajovuzularni oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun ularni moliyalashtiramiz, tayyorlantiramiz va o‘qitamiz", — deb ta’kidladi nashrning anonim qolishni istagan NATOdagi yuqori martabali suhbatdoshi.