Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

G‘arazgo‘y shaxs tanishining soddaligidan foydalandi

G‘arazgo‘y shaxs tanishining soddaligidan foydalandi

Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Abdulaziz A. murojaat qilib, 2020 yil 1 dekabr kuni unga 3.500 AQSh dollari evaziga “Matiz” rusumli avtomobilni sotishni va’da qilgan 41 yoshli tanishi Mavlon A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Bu haqda "iibb.uz" xabar berdi.

Abdulazizdan 3.000 AQSh dollari olgan Mavlon avtomobilni rasmiylashtirib bermasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Avtomobil boshqa shaxsga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2 qismi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    Kiritildi: 21:45 04.03.2021. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
    telegram channel

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Eng ko'p o'qilgan yangilik

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!