Rossiyadagi o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova bundan olti yil muqaddam avtohalokat sabab vafot etgan akasi Bobur Usmonovni xotirladi.
O‘zining Instagramdagi sahifasida akasi bilan tushgan suratni joylagan Ganya izoh sifatida 36 raqamini yozib qoldirgan. Marhum Bobur Usmonov tirik bo‘lganida, xozir 36 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lar edi.
Bobur Usmonovning umr yo‘ldoshi Diyora Usmonova ushbu postga o‘z munosabatini bildirdi.
diora_u : Vsego 6 let proshlo, a kak budto vechnost . Navsegda v nashix serdsax ? (Atigi 6 yil, lekin huddi bir umr o‘tgandek oradan. U doimo bizning yuragimizda).