Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Gans garovdagilarni qaytarish bo‘yicha HAMAS bilan har qanday kelishuvni to‘liq ma’qullaydi

Gans garovdagilarni qaytarish bo‘yicha HAMAS bilan har qanday kelishuvni to‘liq ma’qullaydi

Beni Gans G‘azo sektorida 2023 yilning 7 oktyabridan buyon garovda ushlab turilgan isroilliklarni qaytarish uchun HAMAS bilan har qanday kelishuvni ma’qullashini aytgan, deb yozadi Anadolu agentligi.

Isroil armiya radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, Gans telefon orqali Binyamin Netanyahu bilan HAMAS bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan kelishuvlarning «keng konturlari»ni muhokama qilish suhbatlashgan.

Suhbat asnosida Gans uning partiyasi isroillik tutqunlarni ozod qilishni ta’minlovchi har qanday kelishuvni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Shuningdek, asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuv parlament muhokamasiga qo‘yiladigan bo‘lsa, uning partiyasi hukumatni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Isroil xavfsizlik vaziri, ultrao‘ng millatchi Itamar Ben-Gvir Netanyahuning asirlar almashinuvi masalasi bo‘yicha HAMAS bilan to‘g‘ridan muzokaralar o‘tkazish uchun Isroil delegasiyasi vazirlar mahkamasi bilan maslahatlashmasdan jo‘natilganini tanqid ostiga olgan va odatiga ko‘ra, Netanyahu boshqaruvidagi koalision hukumat tarkibidan chiqish bilan tahdid qilgan.

Bungacha «Mossad» direktori David Barnea juma kuni Qatar poytaxti Doxa shahriga Tel-Aviv va HAMAS o‘rtasida asirlar almashinuv masalasini muhokama qilish uchun jo‘natilgan edi.

Kiritildi: 10:12 06.07.2024. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!