Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, pichoq bilan qurollangan ayol yo‘lovchilarga kechki tig‘iz paytda platformalardan birida hujum qilgan va tez orada hibsga olingan.
Bild'ning yozishicha, 39 yoshli nemis ayoli ruhiy kasallikka chalingan bo‘lgan va jinoyatdan so‘ng psixiatriya bo‘limiga yotqizilgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi yolg‘iz harakat qilgan, hozircha voqeada siyosiy sabablar mavjudligiga hech narsa ishora qilmayapti.