Harbiy to‘ntarish amalga oshirib, qamoqda saqlayotgan Gabonning sobiq Prezidenti Ali bin Bongo Ondimba ochlik e’lon qildi, deb xabar tarqatdi “RFI” radiosi davlatning sobiq rahbari advokatlariga tayanib.
Himoyachilar sobiq Prezident va ikki o‘g‘il e’lon qilgan ochlik ularning tashqi dunyodan uzib qo‘yilgani, qiynash holatiga qarshi noroziligi belgisi ekanini ta’kidlamoqda.
2023 yil avgustda amalga oshirilgan to‘ntarishdan so‘ng Ali bin Bongo Ondimba uy qamog‘iga olingan. O‘tgan yil sentyabr oyida harbiy hukumat erkin harakat qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish istagi bo‘lsa, sobiq yetakchi mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligini e’lon qilgandi.