15—17 iyun kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan "Katta yettilik" (G7) sammiti ishtirokchilari AQSh prezidenti Donald Tramp va G7 davlatlarining boshqa yetakchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rsatmaslik uchun qo‘shma bayonot qabul qilishdan boshidanoq bosh tortishi mumkin.
Yaponiyaning Nikkei iqtisodiy gazetasiga tayanib xabar berishicha, hujjat loyihasi hozircha muhokama qilinmayapti.
Yagona bayonot o‘rniga, uning manbalariga ko‘ra, yettita alohida hujjat qabul qilish taklif etiladi. Ular, xususan, mineral resurslar, sun’iy intellekt, infratuzilma va migrasiya masalalari bo‘yicha hamkorlikka bag‘ishlanadi. Shuningdek, gazetaning yozishicha, Tramp va boshqa yetakchilar o‘rtasida yengib bo‘lmaydigan fikrlar mavjud bo‘lgan jahon savdosi yoki Rossiya bilan munosabatlar masalalariga tegmaslik taklif qilingan.
Gazetaning eslatishicha, 2018 va 2019 yillarda Trampning birinchi prezidentlik davrida G7 sammitlari ishtirokchilari qo‘shma bayonotlar qabul qilishga urinayotganda katta muammolarga duch kelishgan.