Bu haqda 26 noyabr kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” davlatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda qayd etildi.
"Biz hech qachon Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi davomida yadro qurolidan foydalanish tahdidlariga toqat qilmaymiz", deyilgan bayonotda.
Mamlakatlar, shuningdek, Rossiya Federasiyasining jang maydonida kimyoviy qurollardan foydalanganidan chuqur tashvish bildirdi.
"Urush usuli sifatida bunday qurollardan foydalanish Kimyoviy qurollar bo‘yicha xalqaro konvensiyani qo‘pol ravishda buzishdir", deya ma’lum qildi G7 va Kimyoviy qurollarni taqiqlash xalqaro tashkilotini voqealarni tergov qilishga chaqirdi.