NATOning Vilnyusdagi sammiti doirasida G7 Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarining umumiy tamoyillarini kelishib oladi, deya xabar beradi Britaniya kanselyariyasi.
“Ukraina uchun uzoq muddatli xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha muhim xalqaro umumiy tamoyillar bugun NATO sammiti doirasida G7 hamkorlari tomonidan kelishib olinishi kutilmoqda”, deb yozadi “TASS”.
Qo‘shma deklarasiyada ittifoqchi davlatlar yaqin yillarda Ukrainani qanday qo‘llab-quvvatlashi belgilanishi kerak.