Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

FVV aholi va xonadonlarga ziyon yetmagani haqida ma’lumot berdi

A A A
FVV aholi va xonadonlarga ziyon yetmagani haqida ma’lumot berdi

2 noyabr kuni surunkali yog‘ingarchiliklar oqibatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar va boshqa suv o‘tkazish inshootlaridan yig‘ilgan yomg‘ir suvlarining toshib chiqishi bilan bog‘liq hodisalar yuzaga kelgan.

Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli to‘plangan suvlar sel yo‘lidan o‘z oqimi bo‘ylab oqib o‘tgan. Aholi va xonadonlarga ziyon yetmagan.

FVVning ma’lum qilishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli organlar tomonidan yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:31 02.11.2022. O'qildi: 2778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!