Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bahslarining 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan bahsda O‘zbekiston Paragvay jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi shiddatli kechdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Paragvay jamoasining 14-raqamli o‘yinchisi ajoyib zarba yo‘llab hisobni ochdi. Bir daqiqa o‘tib mehmonlarning 10-raqamli o‘yinchisi Arnaldo Biaz hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.
Bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘zbekistonliklarning ustunligida boshlandi. 24-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan paragvayliklar hisobdagi farqni 3 taga yetkazdi. Uchinchi gol muallifi — Fransisko Martines. 26-daqiqada Xavier Salas O‘zbekiston darvozasiga 4-golni kiritdi.
35-daqiqada Husniddin Nishonov Paragvay darvozasini ishg‘ol qildi. Afsuski, bu gol uchrashuvdagi so‘nggisi bo‘lib qoldi.
Afsuski 2-turda vakillarimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Shu tariqa O‘zbekiston futzal terma jamoasi yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Foto: FIFA
Ma’lumot uchun ushbu guruhdan o‘rin olgan yana bir juftlik — Niderlandiya va Kosta Rika jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Hozirda mezbonlar hisobida 1 ochko mavjud. O‘zbekiston so‘nggi turda Kosta Rika jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 3-turdagi g‘alaba ham jamoani keyingi bosqichga chiqishiga xizmat qilishi mumkin.