Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Futbol tomosha qilish gunohmi?

Futbol tomosha qilish gunohmi?

Savol:

- Assalomu alaykum. Bir savolim bor edi. Futbol ko‘rish mumkinmi? Haftada bir marta o‘zim yoqtirgan klubni o‘yini ko‘rsam bo‘ladimi yoki bu vaqtni behuda sarflashmi.

Buning dinda hukmi qanday? Agar savolim nojoiz bo‘lsa, uzr!


Javob:

- Misr fatvo hay’atiga ko‘ra futbol o‘yinini tomosha qilish muboh ish. Faqat namoz vaqti o‘tib ketmasligi va zimmadagi mas’uliyatni ado etishga xalaqit qilmasligi sharti bilan.

O‘zimizdan shuni qo‘shimcha qilamizki, biror jamoaga fanatlik qilib, bekorchi gap-so‘zlarni ko‘paytirish, qaysidir jamoa uchun pul tikib qimor o‘ynash va umrini faqat futbol o‘yinlarini kutib o‘tkazish kabilar uni mubohlikdan makruh va haromlikkacha yetkazadi.

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

Kiritildi: 07:00 26.06.2019. O'qildi: 6080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!