Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyati takomillashtiriladi

A A A
Futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyati takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tizimidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorati maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga o‘tkaziladi va ular futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida futbol maktablari tashkil qilinadi.

Ushbu qaror bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbol akademiyalarining ro‘yxati, futbol akademiyalari va futbol maktablarining namunaviy tuzilmalari, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining futbol akademiyalari va futbol maktablari, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor o‘rinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi 2024/2025 o‘quv yilidan e’tiboran o‘z faoliyatini boshlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan, yetarli darajada samarali faoliyat ko‘rsatmayotgan mavjud futbol maktablarini maqbullashtirish hisobiga ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlarini O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi futbol maktablarining moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga yo‘naltiradi. Futbol akademiyalari va futbol maktablarining infratuzilmasi hamda moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi. 2024 yildan boshlab futbol maktablari uchun bino va inshootlarni qurish-ta’mirlash ishlarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan birgalikda sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablaridagi iqtidorli futbolchilarni futbol akademiyalariga doimiy ravishda nomzod sifatida yo‘naltirib boradi, ochiq tanlov asosida futbol akademiyalari hamda futbol maktablarini malakali kadrlar va trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rib boradi.

Kiritildi: 21:42 11.09.2023. O'qildi: 1730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!