Prezidentning “Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi mamlakatda pensionerlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, keksa yoshdagi fuqarolarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek, fuqarolar davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarga pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport bilan murojaat qilishi kifoya bo‘ladigan tizimni yaratishni ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Hujjat loyihasida fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish, hujjatlar yig‘ish jarayonini kompleks rivojlantirish orqali fuqarolar ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalar to‘lash tizimi samaradorligini oshirish hamda mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish nazarda tutilgan.
Hujjat loyihasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan maqsad fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport bilan murojaat qilish kifoya bo‘ladigan tizimni yaratish, davlat pensiya ta’minoti borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlashtirishdan iborat.
Amaldagi holatlar tahliliga ko‘ra, bugungi kunda pensiyalar tayinlashda 30 turdagi hujjatlar talab etiladi hamda mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul 14dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlar yig‘ish jarayonini elektron shaklga o‘tkazishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.
Qaror loyihasiga muvofiq quyidagi natijalarga erishiladi:
Ushbu qaror qabul qilinishi bilan 2021 yilda qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydi hamda 2022 yildan keyin davlat byudjeti va Pensiya jamg‘armasidan o‘rtacha 180 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ talab etilishi aytilgan.