Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Fuqaroga 132,3 mln. so‘m ish haqi va kompensasiya pullari undirib berildi

Fuqaroga 132,3  mln. so‘m ish haqi va kompensasiya pullari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 04.09.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor tegishli vazirlikdan undiruvchi sobiq xodim R.N foydasiga 131.357.055 so‘m ish haqi va 2000.000 so‘m miqdorida kompensasiya pullarini undirish belgilangan.

Mazkur ijro ishi Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, qarzdordikni undirish yuzasidan darhol chora- tadbirlar qo‘llanilib, qardorga tegishli barcha hisob-raqam va mol-mulklariga nisbatan ta’qiqlar qo‘yilib, ish haqqini undirish yuzasidan barcha majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Tuman davlat ijrochisi D.Atamirzayevaning to‘g‘ri huquqiy tushuntirish olib borishi natijasida ish haqi va kompensasiya pullari to‘liq undirilib undiruvchining bank hisob-kartasiga o‘tkazib berildi.

Ijro ishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41.1-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Kiritildi: 21:21 23.09.2024. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!