Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Frenki de Yongning jarohati “Barsa”ga pul olib keldi

Frenki de Yongning jarohati “Barsa”ga pul olib keldi

Kecha Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi to‘pig‘idan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lishga ulgurmagani uchun Evropa chempionatida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, de Yong turnirni o‘tkazib yuborishiga qaramay, "Barselona" yarim himoyachining yig‘indagi ishtiroki uchun tovon puli oladi. UYEFA va FIFAning klub imtiyozlari dasturiga ko‘ra, o‘z jamoasining yakuniy tarkibiga kiritilgan har bir futbolchi uchun klublar turnirning birinchi o‘yini oldidan 10 kun davomida kuniga 10 ming yevro oladi.

Shu tariqa, de Yong Niderlandiya terma jamoasining 6-10 iyun kunlaridagi yig‘inida ishtirok etgani uchun “Barselona” 50 ming yevro oladi.

Kiritildi: 15:33 11.06.2024. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!