"MonpelYE" himoyachisi Mamadu Sako tanasidagi suvsizlik tufayli xushidan ketib qoldi.
"MonpelYE" Liga 1ning 30-turida "Tuluza"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Sako 78-daqiqada almashtirildi. Bosh murabbiy Mishel Ter Zakaryanning so‘zlariga ko‘ra, himoyachi ro‘za tutgani tufayli tanasida suvsizlik sodir bo‘lgan.