Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyada musiqa festivallari paytida 140 dan ortiq ayol shpris bilan hujumga uchradi

Fransiyada musiqa festivallari paytida 140 dan ortiq ayol shpris bilan hujumga uchradi

Fransiyada har yili 21 iyun kuni nishonlanadigan Fête de la Musique musiqa bayrami vaqtida ayollarga shpris orqali hujum qilish holatlari qayd etildi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar mamlakatning bir nechta mintaqalarida sodir bo‘lgan. Jami 145 nafar ayol bunday hodisa yuzasidan murojaat qilgani haqida DW xabar berdi.

Bayram arafasida ijtimoiy tarmoqlarda ayollarga hujum qilishga chaqiruvchi postlar tarqalgan. Keyinchalik jabrlanuvchilar prokuraturaga shpris bilan ukol qilingani haqida ariza berishgan.

Prokuratura tergov ishini boshladi. Hozirgacha 12 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Shifoxonalarda jabrlanganlardan olingan tahlillar asosida organizmga qanday moddalar kiritilganini aniqlash uchun toksikologik tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:58 25.06.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!