Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada masjidga o‘t qo‘yildi

A A A
Fransiyada masjidga o‘t qo‘yildi

Fransiyaning Lion shahridagi “Assalom” masjidiga o‘t qo‘yildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi. Hodisa oqibatida masjidning kirish qismiga va xonaqohga zarar yetgan. Islomofoblarning hujum paytida masjidda hech kim bo‘lmagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, bu oxirgi ikki hafta ichida ikkinchi bor masjidga o‘t qo‘yilishidir. Ayni paytda polisiya “Assalom” masjididagi hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Liondagi masjidga hujumni Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ham qoraladi.

“Musulmonlarga, yahudiylarga va nasroniylarga qarshi harakatlar ahmoqona va nafratga to‘la harakatlar bo‘lib, Fransiyaning qadriyatlarga ziddir. Men e’tiqod erkinligini himoya qilaman”, – deya yozdi vazir "Tvitter"dagi sahifasida. 

Kiritildi: 19:36 15.08.2020. O'qildi: 3203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik