Fransiyada 10 avgust kuni prezident Emmanuel Makron siyosatini qoralab o‘tkazilgan namoyishlar chog‘‘ida 540 kishi hibsga olindi.
Shu hafta Fransua Bayruning markaziy o‘ng hukumati iste’foga chiqishi va Sebastyan Lekornu yangi bosh vazir etib tayinlanishi ortidan butun mamlakat bo‘ylab Makron siyosatini qoralovchi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 850 dan ortiq aholi gavjum joylarida bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 200 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.
"Hamma narsani blokirovka qiling" shiori ostida o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ommaviy hibsga olishlar bilan kechdi: faqatgina Parijning o‘zida 211 kishi qo‘lga olingan.
Eng keskin vaziyat Parij, Lion va Renn shaharlarida kuzatildi.
Namoyishchilar polisiyaga qarata turli buyumlar uloqtirgan, axlat konteynerlarini yoqib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Polisiya esa namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan.