Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada haydovchi futbol ishqibozlari "ustiga haydadi"

Fransiyada haydovchi futbol ishqibozlari "ustiga haydadi"

Fransiyaning janubi-sharqida bir kishi "PSJ" jamoasining Chempionlar ligasidagi g‘alabasini nishonlayotgan futbol muxlislari olomoniga mashinasini haydab ketdi.

Bu haqda Agence France-Presse (AFP) polisiyaga tayanib xabar berdi.

Hodisa Grenobl shahrida yuz bergan. To‘rt kishi jabrlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Qayd etilishicha, jarohatlanganlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan. Polisiya haydovchini ushladi va hibsga oldi.

Ushbu hodisani tergov qilishdan xabardor bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozircha erkak qasddan odamlarning ustiga haydaganini ko‘rsatadigan hech narsa yo‘q.

Kiritildi: 09:48 01.06.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!