Fransiyaning yaqin yillardagi mudofaa siyosasini belgilaydigan "Milliy strategik tahlil" hujjatida Yevropa chegaralari yaqinida "doimiy Rossiya tahdidi" mavjud ekani qayd etildi. Hujjatda Rossiya tomonidan yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar qatorida quyidagilar sanab o‘tilgan: kiberhujumlarni tashkil qilish va ularni yashirish, mamlakatni tark etgan muxolif shaxslarni ta’qib qilish, saylov jarayonlariga aralashish hamda Yevropadagi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish orqali beqarorlik keltirishga urinishlar.
Shuningdek, hujjatda Yevropa hududida yuqori intensivlikdagi keng ko‘lamli urush ehtimoli ham istisno etilmaydi. Fransiya bu ssenariyga tayyor turish lozimligini ta’kidlab, Yevropa Ittifoqi davlatlarini o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirishga, tezkor harakatlanish infratuzilmasini rivojlantirishga hamda kiberxavfsizlik va razvedka sohalariga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirdi.
Hujjatda: «Evropadagi tinchlik kafolatlangan emas. Eng yomon ssenariyga tayyor turishimiz va mudofaani nafaqat so‘zda, balki amalda ham mustahkamlashimiz kerak», degan fikr ilgari surilgan. Ushbu strategik bayonot Ukrainadagi urush, Rossiyaning xalqaro maydondagi faoliyati hamda boshqa mintaqalarda (xususan, Afrika va Yaqin Sharq) ta’sirini kuchaytirilayotgani fonida e’lon qilindi.