Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiyada elektr tarmoqlaridagi qo‘poruvchilik yuzasidan tergov olib borilmoqda

Fransiyada elektr tarmoqlaridagi qo‘poruvchilik yuzasidan tergov olib borilmoqda

Fransiya janubidagi Alp dengizi departamentida keng ko‘lamli elektr ta’minoti uzilishiga sabab bo‘lgan energetika ob’ektlariga qasddan zarar yetkazish respublika rasmiylari tashabbusi bilan tergov ob’ektiga aylandi.

Bu haqda Fransiyaning BFMTV telekanali surishtiruvga yaqin manbaga tayanib xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vilnyov-Lube kommunasi hududidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i pilonida noma’lum shaxs konstruksiyaning temir tirgaklarini kesib tashlagan, shuningdek, asosdagi to‘rtta tayanchdan uchtasini arralagan.

Buning oqibatida ustun juda qiyshayib ketgan va 24 may kuni ertalab simlar uzilgan. Avariya 160 ming xonadonning elektr ta’minotidan uzilishiga olib keldi.

Kiritildi: 19:29 24.05.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!