Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyada 15 aprelga o‘tar kechasi bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi – BFMTV

Fransiyada 15 aprelga o‘tar kechasi bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi – BFMTV

Fransiya Adliya vaziri Jerald Darmanenning ma’lum qilishicha, jazoni ijro etish muassasalarida xodimlarni qo‘rqitishga urinishlar, avtomobillarga o‘t qo‘yishdan tortib quroldan o‘q otishgacha bo‘lgan harakatlar sodir bo‘lmoqda.

BFMTV ma’lumotlariga ko‘ra, kecha tunda Lyuin (Bush-dyu-Ron departamenti) va Valans (Drom departamenti) qamoqxonalari yaqinidagi avtoturargohda avtomobillar yoqib yuborilgan, Tulonda (Var departamenti) esa noma’lum shaxslar mahalliy qamoqxona darvozasi oldida Kalashnikov avtomatidan o‘q uzishgan.

Bundan tashqari, Parij chekkasidagi Nanter (O-de-Sen departamenti) va Vilpent (Sen-Deni departamenti) hamda Nim shahridagi (Gar departamenti) qamoqxonalarga zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.

Marselda ham bir nechta avtomobilga o‘t qo‘yildi. Ularning yonida jinoyatchilar DDPF yozuvlarini qoldirishgan – bu qisqartma "fransuz mahbuslarining huquqlari uchun" ("Droit des prisonniers français") deb tarjima qilinadi.

Kiritildi: 18:48 15.04.2025. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!