Fransiya hukumati Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar munosabati bilan 15 may kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda ushbu hududning oliy komissarlik idorasi tomonidan chop etilgan xabarda aytiladi.
“Oxirgi 24 soat ichida vaziyatni barqarorlashtirish tendensiyasi kuzatildi. Yangi Kaledoniyada favqulodda holat 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:00 dan boshlab bekor qilinadi", deyiladi bayonotda.