Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiya yadroviy tiyib turish salohiyatini oshirish va qurollanishga 36 mlrd yevro ajratadi — Reuters

Fransiya yadroviy tiyib turish salohiyatini oshirish va qurollanishga 36 mlrd yevro ajratadi — Reuters

Fransiya 2030 yilgacha mo‘ljallangan harbiy rejalashtirish to‘g‘risidagi yangilangan qonun doirasida mudofaa xarajatlarini yana 36 milliard yevroga oshirmoqchi. Mazkur mablag‘lar mamlakat yadroviy arsenalini kengaytirish hamda raketa va dronlar zaxirasini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.

"Fransiya Yevrohududdagi eng katta byudjet taqchilligiga ega davlatlardan biri bo‘lishiga qaramay, hukumat ushbu xarajatlarni oshirishga qaror qildi. Bu qaror Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar keltirib chiqarayotgan xavfsizlik bosimi, shuningdek, Donald Tramp davrida Vashingtonning NATO oldidagi majburiyatlari borasidagi mavhumliklar fonida qabul qilinmoqda", deya xabar bermoqda agentlik.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, o‘n yillikning oxiriga borib Fransiyaning mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning hozirgi 2 foizidan 2,5 foizigacha ko‘tariladi. 2030 yilga kelib yillik harbiy byudjet 76,3 milliard yevroni (89,3 mlrd dollar) tashkil etadi, bu 2017 yildagi ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p.

Hozirda Fransiya dunyodagi to‘rtinchi yirik arsenalga ega mamlakat hisoblanadi. Parij 290 ta suvosti va havo bazasidagi qurollarini saqlab turish uchun yiliga 5,6 milliard yevro (6 milliard dollar) sarflaydi.

Kiritildi: Bugun 19:40. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!